Mana bugun darsimizda dastur yaratish mobaynida ko'p ishlatiladigan operatorlardan biri bo'lmish , shart operatori ya'ni If operatori bilan tanishib chiqamiz va bir ikkita misol bilan sizga qanday ishlatilishini ko'rsatib o'taman!
Shart operatori haqida tushuncha :
Dastur tuzish mobaynida o'zgaruvchilar qiymatiga qarb u yoki bu natijani qabul qilishiga to'g'ri keladi. Bu o'z navbatida dasturni tarmoqlanishiga olib keladi. Tarmoqlarning qaysi qismibajarilishi ayrim shartlariga qarab aniqlanadi.
Shart operatori : Shart operatori boshqarishni qaysi tarmoqqa uzatishni ta'minlaydi. Shart operatori ikki xil ko'rinishi mavjud. Operatorning umumiy ko'rinishi va qisqa ko'rinishi.
Operatorning umumiy ko'rinishi :
If <shart> then <operator1> else <operator2>;
If agar, then bo'lsa, else aks holda ma'nolarini anglatadi.
Operatorning qisqa ko'rinishi:
IF <shart> Then <operator1>;
<shart> Tekshirilishi lozim bo'lgan mantiqiy ifoda.
<operator1> Agar shart rost (true) qiymatga ega bo'lsa bajarilishi lozim bo'lgan operator.
<operator2> Agar shart yolg'on (false) qiymatga ega bo'lsa bajarilishi lozim bo'lgan operator.
Then va Else xizmatchi so'zlaridan keyin operator sifatida ixtiyoriy operatorlardan foydalanish mumkin. Shu o'rinda Shart operatoridan ham.
Shart operatorlaridan then va else xizmatchi so'zlaridan keyin bir nechta operatordan foydalanish uchun , bu operatorlarni Begin va End xizmatchi so'zlari orasiga yozish kerak!
Misol berilgan a sonini musbat manfiyligini ko'rib chiqamiz. Agar a soni noldan katta bo'lsa musbat , kichik bo'lsa manfiy bo'ladi.
Program Shart;
Var a : Real;
Begin
ReadLn (a);
if a>0 then WriteLn('Musbat');
else WriteLn('Manfiy');
ReadLn;
End.
Mana siz bilan shart operatorini mukammal darajada o'rganib chiqdik desak yanglishmaymiz...Keyingi darsimizda Tanlash operatorini o'rganamiz!
DOIMO BIZ BILAN BO'LING!!!
|