Mantiqiy toifa " Boolean " ikki hil qiymat qabul qilishi mumkin : True(rost) va False(yolg'on). Ma'lumotlarni e'lon qilish bo'limida mantiqiy quyidagicha e'lon qilinadi :
Var
A : Boolean; B : Boolean;
Mantiqiy toifadagi o'zgaruvchilarga qiymat berish quyidagicha amalga oshiriladi :
A := True; B := False;
Bu toifadagi o'zgaruvchilar qiymat kiritish operatori orqali kiritib bo'lmaydi.
Mantiqiy amallar:
Mantiqiy amallar quyidagi xizmatchi so'zlar orqali amalga oshiriladi.
Not(inkor qilish) ; And(Mantiqiy ko'paytirish); Or (mantiqiy qo'shish);
Not mantiqiy operatori ifodalar yoki o'zgaruvchilar oldidan qo'yiladi! Mantiqiy ifoda yoki o'zgaruvchining qiymatini teskarisiga o'zgartiradi.
And mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchilarni birlashtiradi. Agar ikkala o'zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo'lsa natija rost ya'ni True bo'ladi, aks holda yolg'on False natija beradi.
Or mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchilarni birlashtiradi. Agar o'zgaruvchini kamida bittasi rost qiymatga ega bo'lsa natija rost True bo'ladi, aks holda yolg'on natija beradi.
Xozir siz bilan bularni ishlatilishini va qanday natijalar berishini bir ikki misolda ko'rib chiqamiz.
a:= true; b:=false;
c:= not (a); bu degani c yolg'on degani,
c:= a and b; bu degani c yolg'on degani,
c:= a or b; bu degani esa c rost demoqda.
Munosabat amallari:
= teng, < > teng emas, < kichik, < = kichik yoki teng, >= katta yoki teng, > katta ma'nolarini beradi.
ODD(x) mantiqiy funksiya butun sonning juft - toqligini tekshiradi. Agar x toq bo'lsa true, aks holda false natijani qaytaradi.
Mana siz bilan mantiqiy toifa , mantiqiy amallar va mantiqiy funksiyani o'rganib oldik.. Bularni siz doimo esingizda saqlab qo'ying , sababi bular eng kerakli ma'lumotlardir...
DOIMO BIZ BILAN BO'LING!!!
|