Bugungi mavzuda SANOQLI va CHEKLANGAN toifalarni o’rganib chiqamiz.
Pascal dasturlash tilida standart toifalardan (real, byte, integer, char, string) tashqari dasturchi o’z dasturida yangi ma’lumotlar toifasini hosil qilishi mumkin. Bunday ma’lumotlar toifasiga dasturchi tomonidan aniqlangan ma’lumot toifalari deyiladi.
Dasturchi tomonidan aniqlangan ma’lumot toifalari, Type xizmatchi so’zidan keyin keltiriladi.
Type Kun = (Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payhanba, Juma, Shanba, Yakshanba);
Fasllar = (Qish, Bahor, Yoz, Kuz);
Kun va Fasllar toifalari, dasturchi tomonidan aniqlangan sanoqli ma’lumot toifasidir. Sanoqli toifa tartibi raqami noldan boshlanadi. Ya’ni Fasllar toifasidagi Qish elementi tartib raqami nol, Kuz elementiniki esa 3 bo’ladi.
Qish < Bahor < Yoz < Kuz;
Dasturda bir nechta sanoqli toifalardan foydalanish mumkin. Lekin bir elementni bir nechta saoqli toifa elementi bo’lishi mumkin emas.
Pred (X) – X dan oldingi qiymatni aniqlaydi.
Succ (X) – X dan keying qiymatni aniqlaydi.
Misol : Pred (Yoz) = Bahor; Succ (Yoz) = Kuz;
Sanoqli toifa elementlarini ekranga chiqarish uchun tanlash operatoridan foydalaniladi.
Program Fasllar;
Type Fasllar = (Qish, Bahor, Yoz, Kuz);
Var Fasl : Fasllar;
Begin
For Fasl := Qish to Kuz do
Case Fasl Of
Qish : WriteLn(‘Qish’);
Bahor : WriteLn(‘Bahor’);
Yoz : WriteLn(‘Yoz’);
Kuz : WriteLn(‘Kuz’);
End;
End.
Cheklangan toifalar
Standart va dasturchi tomonidan aniqlangan toifalarga ma’lum bir cheklashlar qo’yish orqali cheklangan toifalar hosil qilinadi. Cheklangan toifalarni e’lon qilish bo’limida ham, o’zgaruvchilarni e’lon qilish bo’limida ham e’lon qilish mumkin. Cheklangan toifalarga doir misollar :
Type Raqam = 0..9; { Integer toifasiga cheklama }
Fasllar = { Qish, Bahor, Yoz, Kuz }
Var s : Raqam; { Cheklanma toifasidagi o’zgaruvchi }
C : ‘A’..’Z’; { Char toifasidagi cheklanma }
F : Qish..Yoz; { Sanoqli toifa cheklanmasi }
Bu darsimizham o’z nihoyasiga yetdi.
DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!
|