Bugun siz bilan Repeat sikl operatorini o’rganamiz!
Agar siklning takrorlanishlar soni oldindan ma’lum bo’lmasa, ya’ni hisoblash jarayonida qaysidir o’zgaruvchining qiymatiga bog’liq bo’lsa u holda repeat yoki while operatoridan foydalaniladi.
Repeat operatorining umumiy ko’rinishi :
Repeat
<operator 1>
<operator 2>
. . . . . . . . .
<operator N>
Until <shart>;
Bu yerda repeat (takrorlamoq), until (gacha) xizmatchi so’zlar;
<operator 1>; <operator 2>; . . . <operator N> sikl tanasi;
<shart> sikl tanasi bajarilgandan so’ng, sikldan chiqish uchun tekshiriladigan shart ya’ni mantiqiy ifoda.
Operatorning ishlash tartibi :
Repeat xizmatchi so’zidan keyin operatorlar bajariladi, keyin shart tekshiriladi. Agar shart yolg’on (false) natija bersa repeat xizmatchi so’zidan keyingi operatorlar qayta bajariladi. Shart qayta tekshiriladi, bu jarayonda shart rost (true) natija berguncha takrorlanadi.
DIQQAT : Repeat sikl operatoridan, qachon Until xizmatchi so’zidan keyingi <shart> true (rost) qiymat qabul qilsa chiqiladi. Ya’ni boshqarilish Repeat operatoridan keyingi operatorga uzatiladi. Agar <shart> true (rost) qabul qilmasa, repeat sikl operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon sikllanib qolish deyiladi, soddaroq qilib aytganda takrorlanaveradi.
Mana siz bilan Repeat sikl operatorini o’rganib chiqdik, keyingi darsimizda siz bilan While sikl operatorini ham o’rganib chiqamiz!
DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!
|