Izohlar --- programmaning ma'lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi , ya'ni programmaning biror qismini yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi . Izohlar { } simvollari orasida yozilishi shart.
Operator --- tilning yakunlangan qismini bildiradi va ma'lumotlar taxliling tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlar nuqtali vergul " ; " bilan ajratiladi . Ya'ni " ; " operatorning tugallangani bildiradi.
Programma sarlavhasi --- Program xizmatchi so'zi bilan boshlanib undan so'ng programma dasturi nomi keltiriladi. Programma sarlavhasi programmaning boshqa satrlari kabi " ; " tugatiladi. Programma sarlavhasini yozmasdan tashlab ketish ham mumkin.
Identifikator --- programmist tomonidan programma elementlari (protsedura, funksiya, o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar...) uchun ixtiyoriy tanlangan nom. Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish zarur.
Identifikator lotin harflaridan yoki "_" belgisidan boshlanishi shart!
Ikkinchi simvoldan boshlab belgi, raqamlardan foydalanish mumkin.
Pascalda katta kichik harflar farqlanmaydi (KATTA=katta , yoki KaTTa=kATtA) bular bir demakdir.
Xizmatchi so'zlardan (PROGRAM, BEGIN, END, FOR, AND kabi) identifikator sifatida foydalanib bo'lmaydi.
Identifikator uzunligi 63ta simvol ya'ni belgidan oshmasligi kerak!
|