Juma, 2024-04-19, 2:03 PM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 31
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 23 » Pascal dasturlash tili. 9-Qism. Shartsiz o'tish operatori.
5:59 AM
Pascal dasturlash tili. 9-Qism. Shartsiz o'tish operatori.

Bugun darsimizda shartsiz o'tish operatorini o'rganamiz!

Shartsiz o'tish operatorini iloji boricha programmada ishlatmaslik tavsiya qilinadi. Chunki shartsiz o'tish operatori programma strukturasini buzilishiga olib kelishi mumkin. Agar shartsiz o'tish operatorini programmangizda ishlatishga qaror qilgan bo'lsangiz juda ehtiyot bo'lib ishlating. Quyidagilarga ahamiyat bering : shartsiz o'tish operatori orqali programmadan qism programmaga va shuningdek qism programmadan asosiy programmaga o'tib bo'lmaydi. Shuningdek sikl operatordan chiqib bo'lmaydi va shartsiz o'tish operatori orqali siklga yoki shart operatori qismlariga o'tib bo'lmaydi. Boshqa o'rinlarda shartsiz o'tish operatori orqali programmaning istalgan qismiga o'tish mumkin.

Shartsiz o'tish operatori umumiy ko'rinishi:

GOTO <metka>;

Goto operatoridan keyin boshqarilishi kerak bo'lgan <metka> ga uzatiladiva programmaning bajarilishi shu yerdan davom ettiriladi.

                         Pascal tilida metkalar ikki hil bo'ladi :

1. 0..9999 oraliqdagi butun sonlar.

2.  Identifikatorlar.

Programmada ishlatiladigan metkalarni e'lon qilish uchun , e'lon qilish bo'limida "Label" da keltirilishi shart.

Bosh operator :

Bo'sh operator hech qanday vazifa bajarmaydi. Boshqa operatorlar kabi bo'sh operator ham shartsiz o'tish operatoridan keyin qo'llanishi mumkin.

Namuna:

Label 4, 6, metka1;

Metka har qanday operator oldidan ishlatilishi mumkin. Shuningdek shart operatori oldidan ham.

Misol: N natural sonini kiritishni taklif qiluvchi programma tuzilsin. Agar natural bo'lmagan son kiritilsa, qayta kiritish taklif qilinsin!

Program shartsiz_otish;

Label kiritish;

Var n : Real;

Begin

        kiritish: Write('N=');  ReadLn(n);

       if (n < > trunc(n) ) or (n <= 0) then  

Begin 

         WriteLn('Natural son kiriting!');

        Goto kiritish;

End;

        ReadLn;

End.

                Mana bugungi darsimizda siz bilan shartsiz o'tish operatori ya'ni Goto bilan tanishib va o'rganib chiqdik.

                      DOIMO BIZ BILAN BO'LING!!!  

Qo'shimchalar: Rasmlar 1 · Rasmlar 2
Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 2552 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal daaturlash tili 9-Qism shart | Reytinglar: 0.0/0
Jami izohlar: 0
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
//algoritm.ucoz.net