Payshanba, 2024-04-18, 8:04 AM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 31
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 29 » Pascal dasturlash tili. 14-Qism. Sanoqli va cheklangan toifalar haqidama'lumot
5:21 PM
Pascal dasturlash tili. 14-Qism. Sanoqli va cheklangan toifalar haqidama'lumot

Bugungi mavzuda SANOQLI va CHEKLANGAN toifalarni o’rganib chiqamiz.

Pascal dasturlash tilida  standart toifalardan (real, byte, integer, char, string) tashqari dasturchi o’z dasturida yangi ma’lumotlar toifasini hosil qilishi mumkin. Bunday ma’lumotlar toifasiga dasturchi tomonidan aniqlangan ma’lumot toifalari deyiladi.

Dasturchi tomonidan aniqlangan ma’lumot toifalari, Type xizmatchi so’zidan keyin keltiriladi.

Type Kun = (Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payhanba, Juma, Shanba, Yakshanba);

Fasllar = (Qish, Bahor, Yoz, Kuz);

Kun va Fasllar toifalari, dasturchi tomonidan aniqlangan sanoqli ma’lumot toifasidir. Sanoqli toifa tartibi raqami noldan boshlanadi. Ya’ni Fasllar toifasidagi Qish elementi tartib raqami nol, Kuz elementiniki esa 3 bo’ladi.

Qish < Bahor < Yoz < Kuz;

Dasturda bir nechta sanoqli toifalardan foydalanish mumkin. Lekin bir elementni bir nechta  saoqli toifa elementi bo’lishi mumkin emas.

Pred (X) – X dan oldingi qiymatni aniqlaydi.

Succ (X) – X dan keying qiymatni aniqlaydi.

Misol : Pred (Yoz) = Bahor;          Succ (Yoz) = Kuz;
Sanoqli toifa elementlarini ekranga chiqarish uchun tanlash operatoridan foydalaniladi.

Program Fasllar;

Type  Fasllar = (Qish, Bahor, Yoz, Kuz);

Var Fasl : Fasllar;

Begin

For Fasl := Qish to Kuz do

Case Fasl Of

Qish    : WriteLn(‘Qish’);

Bahor : WriteLn(‘Bahor’);

Yoz     : WriteLn(‘Yoz’);

Kuz    : WriteLn(‘Kuz’);

End;

End.

Cheklangan toifalar

Standart va dasturchi tomonidan aniqlangan toifalarga ma’lum bir cheklashlar qo’yish orqali cheklangan toifalar hosil qilinadi. Cheklangan toifalarni e’lon qilish bo’limida ham, o’zgaruvchilarni e’lon qilish bo’limida ham e’lon qilish mumkin. Cheklangan toifalarga doir misollar :

Type Raqam = 0..9;  { Integer toifasiga cheklama }

Fasllar = { Qish, Bahor, Yoz, Kuz }

Var s : Raqam; { Cheklanma toifasidagi o’zgaruvchi }

C : ‘A’..’Z’;   { Char toifasidagi cheklanma }

F : Qish..Yoz;  { Sanoqli toifa cheklanmasi }

Bu darsimizham o’z nihoyasiga yetdi.

                                                           DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!

Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 2559 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal dasturlash tili 14-qism sano | Reytinglar: 3.0/1
Jami izohlar: 0
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
//algoritm.ucoz.net