Chorshanba, 2018-09-19, 2:39 AM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 14
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 28 » Pascal dasturlash tili. 13-Qism. System modullari va protsedura, funksiyalar haqida
5:18 PM
Pascal dasturlash tili. 13-Qism. System modullari va protsedura, funksiyalar haqida

Bugun siz bilan System moduli protsedura va funksiyalarini o’rganib chiqamiz.

System modulining  protsedura va funksiyalari barcha dasturlar uchun ochiq bo’lib, system moduli modullarni e’lon qilish bo’limida e’lon qilinishi shart emas.

Modullar haqida keyin yana batafsil to’xtalib o’tamiz. Bu mavzuda system moduli protsedura va funksiyalardan qanday foydalanishlarni ko’rib chiqamiz.

Exit – protsedurasi ishlab turgan dastur qismidan chiqib ketish. Agar protseduraga qism dasturda(keyingi darslarimizda qism dasturlar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz) murojaat qilinsa, shu qism dasturdan chiqib ketiladi. Ya’ni boshqarilish asosiy dasturga uzatiladi. Exit protsedurasi asosiy dasturda ishlatilsa dastur tugatiladi.

Halt – protsedurasi dastur bajarilishini to’xtatish uchun ishlatiladi. Bu protseduraga qism dasturdan yoki asosiy dasturdan murojaat qilinsa dastur to’xtatiladi.

Chr (X : Byte); char – funksiyasi X qiymatga mos ASCII kodidagi bitta belgini kodini aniqlaydi.

Odr(c : char) : Byte; - funksiyasi Chr funksiyasining teskarisi, ya’ni belgini ASCII kodidagi qiymatini aniqlaydi.

Round (X)   X ni yaxlitlash.   Trunc (X)  X ni butun qismini olish.    Frac (X)  X ni kasr qismini aniqlash.

Masalan X := 5,8 bo’lsin

Round (X) = 6;   Trunc (X) = 5;      Frac (X) = 0,8; bo’ladi.

Inc (Var X [n] : Integer ) – protsedurasi o’zgaruvchini qiymatini oshiradi.  X qiymatini n  ga oshirilishi lozim bo’lgan o’zgaruvchi. Agar n o’zgaruvchisi keltirilmagan bo’lsa, X ning qiymati birga oshiriladi.

Dec (Var X [n] : Integer ) – protsedurasi o’zgaruvchini qiymatini bittaga kamaytiradi. Bu protsedura Inc ni teskarisi xisoblanadi.

ODD (X) – mantiqiy funksiya butun sonning juft yoki toqligini aniqlaydi. Agar X toq son bo’lsa true, aks holda false natija bajaradi.

Pred (X) – X dan oldingi qiymatni aniqlaydi.

Succ (X) – X dan keyingi qiymatni aniqlaydi.

High (X) – joriy toifasining eng katta qiymatini aniqlash.

Low (X) – joriy toifasining eng kichik qiymatini aniqlash.

Satrlar bilan ishlovchi protsedura va funksiyalar :

Concat, Copy, Delete, Insert, Length, Pos, Str, Val – protseduralarini oldingi mavzulardan qarab olishingiz mumkin bo’ladi.

Random (N : Word); - funksiyasi tasodifiy sonni aniqlash uchun ishlatilada. Funksiya 0 va N sonlari orasidan tasodifiy son qaytaradi.

Randomize – funksiyasi tasodifiy sonlarni aniqlovchi generatorni ishga tushiradi.

System moduli protsedura va funksiyalarni mukammal darajada o’rganib chiqdik. Endi siz o’z dasturlaringizda ko’p ishlar qilaolasiz!

                                                   DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!

 

Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 1162 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal dasturlash tili 13-qism Syst | Reytinglar: 2.0/1
Jami izohlar: 0
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
http://Algoritm.ucoz.net