Juma, 2024-04-26, 7:46 PM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 31
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 28 » Pascal dasturlash tili 11-Qism. Repeat sikl operatori
5:12 PM
Pascal dasturlash tili 11-Qism. Repeat sikl operatori

Bugun siz bilan Repeat  sikl operatorini o’rganamiz!

Agar siklning takrorlanishlar soni oldindan ma’lum bo’lmasa, ya’ni hisoblash jarayonida qaysidir o’zgaruvchining qiymatiga bog’liq bo’lsa  u holda  repeat yoki while operatoridan foydalaniladi.

Repeat operatorining umumiy ko’rinishi :

Repeat

<operator  1>

<operator  2>

.  .  .  .  .  .  .  .  .  

<operator  N>

Until <shart>;

Bu yerda repeat (takrorlamoq), until (gacha) xizmatchi so’zlar;

<operator  1>;   <operator  2>; . . . <operator  N> sikl tanasi;

<shart> sikl tanasi bajarilgandan so’ng, sikldan chiqish uchun tekshiriladigan shart ya’ni mantiqiy ifoda.

Operatorning ishlash tartibi :

Repeat xizmatchi so’zidan keyin operatorlar bajariladi, keyin shart tekshiriladi. Agar shart yolg’on (false) natija bersa repeat xizmatchi so’zidan  keyingi  operatorlar  qayta bajariladi. Shart qayta tekshiriladi, bu jarayonda  shart rost (true) natija berguncha takrorlanadi.

DIQQAT : Repeat sikl operatoridan, qachon Until xizmatchi so’zidan keyingi <shart> true (rost) qiymat qabul qilsa chiqiladi. Ya’ni boshqarilish Repeat operatoridan keyingi  operatorga uzatiladi. Agar <shart> true (rost) qabul qilmasa, repeat sikl operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon sikllanib qolish deyiladi, soddaroq qilib aytganda takrorlanaveradi.

Mana siz bilan Repeat  sikl operatorini o’rganib chiqdik, keyingi darsimizda siz bilan While sikl operatorini ham o’rganib chiqamiz!

                                                       DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!

 

 

 

Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 2219 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal dasturlash tili 11-qism Repe | Reytinglar: 0.0/0
Jami izohlar: 0
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
//algoritm.ucoz.net