Shanba, 2024-04-20, 10:39 AM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 31
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 28 » Pascal dasturlash tili. 10-Qism.Sikllar "For"
11:48 AM
Pascal dasturlash tili. 10-Qism.Sikllar "For"

Mana bugun siz bilan Pascal dasturlash tilini o’rganishni davom etamiz! Bu darsimizda sizlar bilan SIKL operatorlari ya’ni takrorlanish operatorlarini o’rganamiz! Boshda takrorlash operatorlari haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lib olsak.

Bir hil hisoblash jarayonlarini bir necha marotaba takrorlanishi SIKL deyiladi. Pascal dasturlash tilida sikl operatorining  3  xil turi mavjud. Bular :

  1. Parametrli sikl operatori,
  2. Repeat sikl operatori,
  3. While sikl operatorlaridan tashkil topgan.

Yechilayotgan masalaga qarab, dasturchi o’zi uchun qulay bo’lgan sikl operatoridan foydalanishi mumkin.

Parametrli sikl operatori operatorining 2 xil ko’rinishi mavjud.

  1. For  A := start To finish Do <sikl tanasi>;

For (uchun ), To(gacha), Do(bajarmoq) xizmatchi so’zlari.

A – sikl parametri; start – sikl parametrining boshlang’ich qiymati; finish – sikl parametrining oxirgi qiymati; sikl tanasi – bir yoki bir nechta operatorlar to’plami. Sikl operatorining bu ko’rinishida start <= finish bo’lishi shart! Agar  start > finish bo’lsa sikl tanasi biror marta ham bajarilmaydi.

Sikl parametrlariga ( A, start, finish) bular kiradi va bu o’zgaruvchlariga faqat butun qiymatlar berilishi shart! Agar bu parametrlarga haqiqiy sonlar berilsa xatolik yuzaga keladi.

Operatorning ishlash tamoyili :

Sikl parametri (A), sikl parametri boshlang’ich qiymati (start) nio’zlashtiradi va sikl tanasi bajariladi. Keyin sikl parametric (A) birga oshirilib, sikl tanasi yana bajariladi. Bu jarayon toki sikl parametri (A), sikl parametrining oxirgi qiymati (finish) ga tenglashgunga qadar davom etadi.

Sikl takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo’lgan operatorlar majmuasi sikl tanasi deyiladi. Sikl tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin. Agar sikl tanasida bir nechta operatordan foydalanoqchi bo’lsak bu operatorlarni “Begin End” xizmatchi so’zlari orasiga olishimiz kerak.

Break – protsedurasi har qanday sikl operatoriga qo’llash mumkin. Bu protsedura sikl tugatilishining ta’minlaydi. Ya’ni boshqarilishni sikl operatoridan keyingi operatorga uzatiladi.

Continue – protsedurasi har qanday sikl operatoriga qo’llash mumkin. Bu protsedura sikl parametrining keying qiymatini qabul qilishni ta’minlaydi. Boshqacha so’z bilan aytganda  sikl tanasi tugatiladi. Bunda siklning o’zi tugatilmaydi.

Misol  : n natural son berilgan, Birdan n gacha bo’lgan sonlar yig’indisini hisoblovchi programma tuzilsin.

Program sikl;

Var  i, n, a : integer;

Begin

Write(‘N = ’);  ReadLn(n);

a := 0;

For i := 1 To n Do

s := s + 1;

WriteLn(‘ Yig’’indi  = ’, s);

ReadLn;

End.

 

Ayrim paytlarda  sikl parametri o’sib boorish emas, aksincha kamayib borish tartibida o’zgartirish mumkin. Bu sikl operatorning ikkinchi xil ko’rinishidir.

2 – For A := start DOWNTO finish <operator>;

Bu yerda DOWNTO (gacha kamayib) – tilning xizmatchi so’zi.

Bu operator sikl parametri (A), sikl parametri boshlang’ich qiymati (start) ni o’zlashtiradi va sikl tanasi (<operator>) bajariladi. Sikl parametric (A) birga kamaytirilib boriladi va sikl tanasi bajariladi. Bu jarayon toki  sikl parametri (A), sikl parametrining oxirgi qiymati (finish) ga tenglashgunga qadar davom etadi.

Eslatma : Sikl parametrlari haqiqiy toifali bo’lishi mumkin emas.

                

                                     Mana bugun sizlar bilan For siklini o’rganib chiqdik, keying darslarimizda qolgan sikl operatorlarni o’rganamiz!

                                                  DOIMO BIZ BILAN BO’LING!!!

 

 

 

 

Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 3282 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal dasturlash tili 10-qism for | Reytinglar: 0.0/0
Jami izohlar: 0
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
//algoritm.ucoz.net