Juma, 2024-04-26, 3:21 PM
Xush kelibsiz! Mehmon

My site

Sayt menyusi
Bo'lim kategoriyalari
Pascal dasturlash tilining darsliklari [15]
Pascal dasturlash tilini o'rganamiz
Bizning ijtimoiy so'rov
Rate my site
Total of answers: 31
Statistika

Jami onlaynlar : 1
Mehmonlar : 1
Foydalanuvchilar : 0
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 14 » Pascal dasturlash 3-Qism
7:55 AM
Pascal dasturlash 3-Qism

Programma tanasi --- "begin" xizmatchi so'zi bilan boshlanib "end" xizmatchi so'zi bilan yakunlanadi. Programma tugaganligini bildirish uchun nuqtali vergul ya'ni " ; " qo'yiladi.

 
Pascal dasturining umumiy strukturasi quyidagicha :
 
Program   <dastur_sarlavhasi>;
Uses    <modullar>;
Label   <metkalar_ro'yxati>;
Const   <o'zgarmaslar ro'yxati>;
Type    <ma'lumotlarning yangi nostandart toifalarini saqlash>;
Var      <o'zgaruvchilar, protsedura va funksiyalarni e'lon qilish>;
Begin
<Dastur tanasi>;
End.
 
O'zgaruvchilarni e'lon qilish bo'limida --- programmada ishlatiladigan barcha o'zgaruvchilarni nomlariga mos ravishda qaysi toifaga mansub ekanligini e'lon qilish zarur. Ma'lumotlarni e'lon qilish Var so'zidan keyin boshlanadi.
 
Var 
<identifikator 1> : <toifasi>;
 
Haqiqiy sonlar Real xizmatchi so'zi bilan e'lon qilinadi. Butun sonlar esa Integer xizmatchi so'zi bilan e'lon qilinadi.
Misol:
Var a : integer;
       b: real;
Bu misolda ikkita o'zgaruvchi e'lon qilindi . "a" o'zgaruvchisi butun qiymat qabul quladi, "b" o'zgaruvchisi haqiqiy qiymat qabul qiladi. Butun qiymat qabul qiluvchi o'zgaruvchini e'lon qilish orqali mashina xotirasidan ixtiyoriy butun sonni saqlovchi  yacheyka ajratiladi. Bu yacheykaga murojaat qilish uchun e'lon qilish bo'limida keltirilgan nom orqali bo'ladi.
 
O'zlashtirish operatori --- o'zgaruvchiga biror qiymatni  berish ya'ni o'zlashtirish " := " operatoridan foydalaniladi. Misol: a := 2015;
Bu operator 2015 qiymatini qabul qilib oladi va "a" o'zgaruvchisi uchun xotira yacheykasidan ma'lum joy ajratliadi.
 
Kiritish operatori --- programma bajarilishi mobaynida ma'lumot kiritish uchun ReadLn operatoridan foydalaniladi.
                       ReadLn(a);
Bu operator bajarilganda ekranda biror kursor paydo bo'ladi va kerakli ma'lumot klaviatura orqali kiritilgandan so'ng Enter tugmasi bosiladi.
 
Chiqarish operatori --- Write , WriteLn operatori orqali ekranga ixtiyoriy m'lumotni chiqarish mumkin bo'ladi. Xabarlarni ekranga chiqarish uchun apostrof vazifasini o'tovchi qo'sh tirnoq ichiga yoziladi. Misol:
           WriteLn( ' Salom dasturchi ' );
O'zgaruvchilarni ekranga chiqarish uchun ularning nomilari kiritiladi.
           WriteLn(a);
O'zgaruvchi va satrlarni bir vaqtda ekranga chiqarish mumkin. Misol:
          WriteLn('Salom', a);
Write va WriteLn operatorlarini farqi shundaki , Write operatorida ma'lumot kursor turgan joyga chiqariladi, WriteLn da esa ma'lumotlar keyingi satrga chiqariladi.
 
Arifmetik amallar:
+ qo'shish uchun
- ayirish uchun 
* ko'paytirish uchun 
/ bo'lish uchun
 
Ba'zi standart funksiyalar:
ABS(x) bu degani /x/ deganidir ,
SQR(x) bu degani x ning kvadrati ,
SQRT(x) esa  x ning ildizi ma'nosini bildiradi.
 
Endi bitta oddiy dastur tuzib ko'ramiz :
 Program birinchi_dastur;
Begin
          WriteLn(' Salom bo'lajak dasturchi');
End.
 
Programmani ishga tushirish uchun Ctrl+F9 tugmasini bosish kerak!
Programma natijasini ko'rish uchun Alt+F9 tugmasini bosish kerak! 
 
 
Misol: Ikkita sonning yig'indisini hisoblovchi programm :
 Var a,b,c : integer;
Begin
          WriteLn('birinchi sonni kiriting!');
ReadLn (a);
          WriteLn('ikkinchi sonni kiriting!');
ReadLn(b);
c := a + b;
WriteLn(c);
End.
 
Keyingi darslarimizni ham o'rganib boring ! DOIMO BIZ BILAN BO'LING!!!
 
Qo'shimchalar: Rasmlar 1
Kategoriyalar: Pascal dasturlash tilining darsliklari | Ko'rilganlar: 3139 | Tomonidan qo'shilgan: Coder | Teglar: Pascal dasturlash tili 3 qism | Reytinglar: 5.0/1
Jami izohlar: 1
avatar
0
1 zafarjura • 6:17 AM, 2015-03-17
Faqat siz bilan bo'lamiz
avatar
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Mart 2015  »
YakDushSeshChorPayJumShan
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv maqolalar
//algoritm.ucoz.net